Tokay pastlar xizmatin etasan bajo,
Har yemishga pashshadek qilma jon fido.
Bir nonni ikki kun ye – tortma hech minnat,
O’zga nonidan o’z dil qoning ko’p avlo.
Butun borliq mo'jiza. Tabiat o'z bag'riga ne-ne sinoatlarni berkitmagan deysiz. Har yil unda qanchadan qancha gul-u giyoh unib-sunadi, fasllar almashadi, kecha kumush qor bag'rida sokin orom olgan tog'-u toshlar bugun yana gullarga burkanadi. Har yil soyda qanchadan qancha suvlar oqib o'tadi. Bularning bari behikmat-behuda emas. Ularning barchasi o'zgarmas qoidaga - Oliy Qonunga bo'ysunadi.
To‘ra Sulaymonning «Iltijo» she’ri bahorga bag‘ishlangan. She’rning dastlabki bandida kelinchak bahor kelishi bilan tabiatda yuz beradigan o‘zgarish va jonlanishlar tasvirlanadi. Biroq banddan bandga shoirning bahorga iltijosi tobora kengroq ko‘lam, borgan sari chuqurroq mazmun kasb eta boshlaydi. Endi bahor bir fasl nomigina emas, balki tansiq tuyg‘ular mujassam, ezgulikning ramzi bo‘lib gavdalanadi.