Oloviddin istirohat bog‘idan o‘tib borayotgan mahali ulkan eman tagida yotgan eski chiroqni ko‘rib qoldi.
Bolakay chiroqni olib, uning naqshlarini tomosha qilgan bo‘ldi. So‘ng, ancha xira tortgan joyini yaxshiroq ko‘rish uchun kaftida artdi.
(Hazil) Favqulodda topishdilar ikkala yosh,
Qiz husnda tengsiz edi misli lola.
Ikkisin ham siylar edi saxiy quyosh,
Quyoshim, deb kuylar edi shoir bola.
Men na qilay, harna qilsa, qildi taqdir,
Ikki nuqta aro jismim muallaqdir.
Ikki yoqqa boqar bo‘ldim lol-u hayron:
Birisining ismi – zamin, biri – osmon.
Qay bir kecha hilolga may quyib ichdim,
Ko‘zim yumib, ikki qizdan birin quchdim.
Endi, kimni tanladim, deb jonim halak:
Birisining ismi – shayton, biri – malak.