Mazkur hikoya o'zbek adabiyotidagi fantastik asarlar "ota"si Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub bo'lib, unda olov qa'ridan chiqqan yigit - Nurbekning boshdan kechirgan ajobtovur sarguzashtlari, yurtni g'animlardan himoya qilish yo'lida ko'rsatgan jasorati va go'zal qizga bo'lgan pokiza muhabbati tasvirlangan.
«Uloqda» hikoyasi zamonaviy o‘zbek adabiyotining birinchi namunalaridandir. Hikoya 1915-yilda yozilib, 1916-yilda Toshkentda alohida kitobcha sifatida nashr etilgan.
«Uloqda» hikoyasida adib quvonch bilan o‘limni yonma-yon tasvirlab, insonni hamisha aql-u idrok bilan ish tutishga undaydi, behuda narsalarga umrni sarflamay, ma’rifatga, ma’naviy yuksalish va madaniy turmushga intilib yashash g‘oyasini ilgari suradi.