Sahifa yuklanmoqda . . .

Bayram - Asarlar

Bayram - Asarlar - bayram so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Oh, mening ortimdan ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda, Toshkanni ko`rmagan bechora onam.

194
She'r
Muhammad Yusuf

Ko`ngil ma'yus tortdi yilning so`nggida, Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor. Bugun kuppa-kunduz ko`zim o`ngida, Yana bir yoshimni o`g`irlading, qor.

35
She'r
Muhammad Yusuf

Oddiygina ko‘klam kunlaridan birida O‘zbekovul cho‘ponsiz qoldi. Gap shundaki, yigirma yil mobaynida bu kasbni halol va beminnat ado etib kelgan Norboy bobo tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limiga qatnay-qatnay, axiyri bir amallab qarilik nafaqasini to‘g‘rilab oldi-yu, o‘zining ham rosa joniga tegib yurgan ekanmi, ko‘k hangisini shu kunning o‘zida arzon-garovga sotib yuborgach...

9
Hikoya
Abduqayum Yo'ldoshev

She'rda sokin va go'zal oqshomlarning birida hind diyorida bo'lib o'tgan ajoyib mushoira - shoirlar musobaqasi, ya'ni she'riyat bayrami tasvirlangan. Tadbirning o'ziga xos jihati shunda ediki, u muhtasham zalda emas, balki shundoqqina tabiat qo'ynida - hind xalqi odatiga mos ravishda oddiygina chodirda bo'lib o'tadi. Bir tasavvur qiling-a, bir yoqda oqshom sururi, bir yoqda gullar hidi, bir yoqda salqin shabboda va bir yoqda shoirlar bahsi davom etmoqda...

8
She'r
Zulfiya

O'ziga xos xalqona uslubda, hazilomuz tarzda bitilgan bu she'rda o'zbek va yapon millatlarini muqoyasa qilish orqali millatimizga xos fazilat va illatlar oynadagi singari ko'rsatib berilgan.

51
She'r
Erkin Vohidov