Sahifa yuklanmoqda . . .
Nega yapon yuz yil yashar-u
O’zbek buncha yoshga bormaydi?
Chunki yapon bizdek qorong'u
Sahar turib oshga bormaydi.
Motamida u obro' uchun
Elni chorlab ziyofat qurmas.
Bayramida bel bog’lab uch kun
Shamdek qotib ko’chada turmas.
Garchi bizdan yuz bor farovon,
Garchi bizdan yuz karra to'qdir.
To’y xarjida yuzta boy yapon
Bir kambag’al o’zbekcha yo’qdir.
Bu so’zimni yaponga aytsam
Dedi battar qisib ko’zini:
Yapon bundoq yasholmas hech ham,
Xarakiri[1] qilar o’zini.
____________
1 Xarakiri - yapon samuraylarining or-nomus uchun o’z joniga qasd qilishi.
Hozirgi zamon o’zbek she’riyatining taniqli vakili. Aruz va barmoq vaznlarida yozgan asarlari birdek mashhur. Ijodining asosini lirik turning barcha janrlaridagi she’riyati, dostonlari, dramatik asarlari, I.V.Gyote, S.Yesenin, R.Hamzatov singari jahon adabiyoti namoyandalari she’riyatidan qilgan tarjimalari tashkil etadi.