Sahifa yuklanmoqda . . .

Nodirabegim Yakpora g'azallari

Nodirabegim Yakpora g'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara yakpora g'azallari o'rin olgan.

Ushbu g'azal favqulodda teran fikrlarga boyligi, ifodaning kutilmagan tarzda yorqinligi bilan kishini o’ziga tortadi. She’rning lirik qahramoni dunyoni imtihon etishga, "Sayri chamani jahon" etib ketishga chorlanadi. Asarning eng yuqori nuqtasida shoira "Sen dunyoga nima uchun kelding?! Buni amalda ko'rsatib ket!" deya xitob etadi...

1145
Yakpora g'azal
Nodirabegim

Mazkur g'azal tuyg’ular samimiyati, ayriliq tasvirining tabiiyligi, badiiy ifoda yo’sinining soddavashligi bilan alohida e’tiborga sazovordir. G’azal lirik qahramonning o’z qismati haqida o’ylar ekan, jo’ngina hayotiy hodisadan teran ma’no qidirishi bilan boshlanadi...

949
Yakpora g'azal
Nodirabegim

Olamdagi odamki bor ehtiyojmand, ya’ni nimagadir muhtoj. Birov baxtga, birov davlatga, birov e’tiborga, boshqasi muhabbatga, kimlardir Alloh visoliga, o’zgasi nafsga ehtiyojmand. Ushbu g'azal ana shu mavzuda bahsga chorlaydi.

1095
Yakpora g'azal
Nodirabegim

Ushbu g'azalda kuyunchak dil izhori o’z ifodasini topgan, yonginasida turgan yorining vaslidan bebahralik qiynoqqa solgan ayol fig’oni mahorat bilan aks etgan.

1296
Yakpora g'azal
Nodirabegim