Sahifa yuklanmoqda . . .

Mustaqil muxammaslar

Mustaqil muxammaslar - Ushbu to'plamdan mumtoz ijodkorlarimizning asrlar silsilasiga bardosh berib, bizgacha yetib kelgan va to hanuz dillarni maftun qiluvchi mustaqil muxammaslari o'rin olgan.

Ushbu muxammas hasbi hol ruhida bo'lib, unda shoir o'z dard-u iztiroblarini, qalbini azoblayotgan hasratlarini ifoda etgan.

401
Mustaqil muxammas
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat

Ushbu muxammasda Zavqiyning falsafiy o’ylari o’z ifodasini topgan. Unda shoir odam, uning hayotdagi o‘rni haqidagi o‘y-mushohadalarini bayon qiladi.

296
Mustaqil muxammas
Ubaydulla Zavqiy

Ushbu muxammas ko‘ngli muhabbat tuyg‘usi bilan to‘lgan ishq ahlining alamangiz dil izhori sifatida yozilgan. Unda sho‘x va berahm ma’shuqaning erkaliklari, zararsizday ko‘ringan qiliqlari tufayli oshiq tortayotgan ozorlarning ko‘lami juda ham dardchil tarzda ifoda etilgan.

344
Mustaqil muxammas
Ubaydulla Zavqiy

Bu she’r Komilning el orasida g‘oyat mashhur bo‘lib ketgan muxammaslaridan biridir. Unda olamda yordan o‘zga kimsani ko‘rmayotgan, ko‘rishni istamayotgan fidoyi oshiq holati juda samimiy va ishonarli ifoda ettirilgan. Oshiqqa ma’shuqaning barcha jihati mukammal, nuqsonsiz tuyuladi. U to‘g‘rida o‘ylagani sari mehri jo‘shib ketadi. Uning bu ruhiy holati o‘ta nazokat bilan she’r musiqasiga singdirilgan.

712
Mustaqil muxammas
Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

Ishqi ilohiy, shoir Mashrab o'zi iqror bo'lganidek, unga dunyoga kelgan kunidan beri hamroh edi. Bu ilohiy tuyg'u bilan u dunyo kezdi, sarsonlik va malomat o'qlariga nishonlik azobini totdi va hatto dor ostiga bordi. Ammo buning uchun dilida zarra qadar o'kinch va pushaymonlik tuymadi, aksincha, uning dard-u fikri faqat Yor vasliga yetmoq bo'ldi. Ushbu muxammas ham shoirning o'z sevganiga murojaati - munojotidir.

293
Mustaqil muxammas
Boborahim Mashrab

Mazkur muxammasda bir tomondan, shoirning shirin o’tmish xotiralari, ikkinchi tomondan, oyoqosti qilingan izzat-nafs, bir vaqtlar saltanatning yuksak maqomlarida bo’lgan arbobning tuban ijtimoiy mavqega tushib qolganidagi iztirobli o’ylari aks ettirilgan.

294
Mustaqil muxammas
Turdi Farog'iy