Sahifa yuklanmoqda . . .

Shermuhammad Munis Yakpora g'azallari

Shermuhammad Munis Yakpora g'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara yakpora g'azallari o'rin olgan.

Mazkur g'azalda shoir yor istig’nolaridan ozor chekkan oshiqning aftoda holati, tushkun kayfiyatini o’ynoqi tarzda, yengil ohanglarda tasvirlaydi. Holatning og’irligi bilan tasvirning yengilligi o’rtasidagi ziddiyat natijasida yuzaga kelgan badiiy qiymat she’rlarning yoqimliligini oshiradi. Ular she’rxonga tez ta’sir qiladi va uzoq vaqt esda saqlanib qoladi.

371
Yakpora g'azal
Shermuhammad Munis

Mazkur g'azal do’stlik, vafo haqida. Shoir insonlar o’rtasidagi munosabatlarning samimiy, mustahkam va sadoqatga asoslangan bo’lishini istaydi. Shu sababli, do’st do’stni yaxshi kunda ham, yomon kunda ham yoddan chiqarmasligi, e’tiborsiz qoldirmasligi kerakligini ta’kidlaydi.

321
Yakpora g'azal
Shermuhammad Munis

Ushbu g'azalda atrofidagi insonlarning nokomilligidan iztirob chekayotgan, shu bilan birga o’zida ezgu fazilatlarni shakllantirishga urinayotgan orif shaxs kayfiyati ifoda etilgan. G’azalning lirik qahramoni topgan oshnolar, orttirgan do’stlar sinovdan o’tolmaganlar, ishonchni oqlolmaganlar. Chunki bundaylar davlatiga qarab do’stlik ixtiyor etgan kimsalardir.

588
Yakpora g'azal
Shermuhammad Munis