Sahifa yuklanmoqda . . .

Atoyi Yakpora g'azallari

Atoyi Yakpora g'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara yakpora g'azallari o'rin olgan.

Shoir ushbu g’azalida ma’shuqa achchiq-tiziqlaridan, nozlaridan hayratga tushgan oshiq holatini ifoda etadi. U yor g’azabiga duchor bo’ldi, lekin aybi ne ekanini bilmaydi. Shu bois uni savollar qiynaydi. Oshiq o’zini gunohkor sanaydi. Ammo aybi nimadaligidan xabari yo’q. U ma’shuqa meni rashk etayotirmikan degan o’yga boradi. Lirik qahramon -chorasiz, u ishq yo’lida qurbon bo’lishga tayyor. Shu bois qay tarzda, qanday yo’l bilan o’ldirilishi uni ko’pda qiziqtirmaydi. Uning jon saqlash uchun yor qoshidan ketgisi yo’q...

2309
Yakpora g'azal
Atoyi

Ushbu g'azal yor tasviriga bag'ishlangan g'azallar sirasiga kirib, u Atoyi ijodida alohida o'rin tutadi. She'rda ma'shuqaning go'zal husn-u latofati shu qadar tiniq va jozibador aks ettiriladiki, o'quvchi beixtiyor asarning sohir olamiga kirib boradi.

1543
Yakpora g'azal
Atoyi