Sahifa yuklanmoqda . . .
Shermuhammad Munis Xos ruboiylari - Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan bo'lib, ularda shoirning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari va pand-nasihatlari ifodalanadi. Ushbu to'plamdan o'zbek mumtoz adabiyotining eng sara xos ruboiylari o'rin olgan.
Mazkur ruboiy Munisning hazrat Navoiyga qanchalik ixlos qo'yganligini ko'rsatadi. Unda shoir Navoiy dahosini o'ziga pir deb bilishini aytar ekan, nozik so'z o'yinidan foydalanib, "Bu Shermuhammad, ul Alisherdurur" deya o'z ismining ham hazrat ismiga hamohang ekanini fahr bilan ko'rsatadi.
Ushbu ruboiy pand-nasihat ruhida. Unda shoir shohlarga murojaat qilib, ularni fuqarolar ahvolidan hamisha ogoh bo'lishga va ularga zarracha ozor yetkazmay, imkon qadar yaxshilik qilishga chorlaydi.
Mazkur ruboiy didaktik ruhda bo'lib, unda shoir insonni yoshlik damlarini g'animat bilib, vaqtni behuda o'tkazmay, uni foydali ishlarga sarf etishga, xususan, ilm o'rganishga chaqiradi.