Sahifa yuklanmoqda . . .
So‘z ichra Navoiyki jahongirdurur,
Munisg‘a maoniy yo‘lida pirdurur,
Yo‘q g‘ayriyat andin o‘zgakim ayturlar:
Bu Shermuhammad, ul Alisherdurur.
(1778-1829) Shermuhammad Amir Avazmuhammad o‘g‘li MunisXorazmiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida dunyoga kelgan. U madaniyatimiz tarixida shoir, tarixchi, tarjimon, xattot va ma’rifatparvar shaxs sifatida nom qoldirgan. Xiva xoni Shermuhammadni saroyga farmonnavis kotib qilib tayinlaydi. Munis butun ongli faoliyati davomida ilm-fan, madaniyat va san’at kishilariga homiylik qiladi.