Sahifa yuklanmoqda . . .
Zahiriddin Muhammad Bobur Tuyuqlari - Tuyuq sof turkiy janr bo'lib, u ko'p hollarda tajnis san'ati bilan bog'liq nozik so'z o'yiniga asoslanadi. Ushbu to'plamga mumtoz va zamonaviy shoirlarimizning eng go'zal tuyuqlari joylashtirilgan.
Ushbu tuyuq "yo qildi" so'zlari tajnisiga asoslangan va ma'nosi shunday: "Tik qaddimni firoq mehnati yo qilidi (egdi), ko'nglim esa g'am-u anduh gulhanida yoqildi (yondi). Men bu holimni sabo (tong shabadasi)ga aytgan edim, ammo bilmayman, ey gul (yor), u xabarimni senga sharh qilmadimi yo qildi?"
Mazkur tuyuq "yoro" so'zining tajnisi asosiga qurilgan bo'lib,u quyidagicha ma'no tovlanishlariga ega: "Yor vasli haqida bir so'z demoqlikka madorim yo'q (yaramayman). Ey yor, hajr aro menga rahm ayla. Sen otgan o'qlar qalbimga juda yomon jarohat (yara) yetkazdi, endi lutfing marhamati bilan uni tuzat (korimga yara)".