Sahifa yuklanmoqda . . .
Qadimni firoq mehnati yo qildi,
Ko‘nglum g'am-u anduh o‘tig'a yoqildi.
Holimni sabog'a aytib erdim, ey gul,
Bilmon, sanga sharh qilmadi, yo qildi.
(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.