Sahifa yuklanmoqda . . .

Zahiriddin Muhammad Bobur Taronai ruboiylari

Zahiriddin Muhammad Bobur Taronai ruboiylari - Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan bo'lib, ularda shoirning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari va pand-nasihatlari ifodalanadi. Ushbu to'plamdan o'zbek mumtoz adabiyotining eng sara taronai ruboiylari o'rin olgan.

Ey yor, sening vaslingga yetmak mushkil, Farxunda hadisingni eshitmak mushkil. Ishqingni dog'i bartaraf etmak mushkil, Boshni olibon bir sari ketmak mushkil.

3323
Taronai ruboiy
Zahiriddin Muhammad Bobur

Boburni burun mahrami asror etting, Vaslingga berib yo‘l, o‘zungga yor etting. Oxir bording, dog'i oni zor etting, Hijron alami birla giriftor etting.

1884
Taronai ruboiy
Zahiriddin Muhammad Bobur

Ishqingda ko‘ngul xarobdur, men ne qilay? Hajringda ko‘zum purobdur, men ne qilay? Jismim aro pech-u tobdur, men ne qilay? Jonimda ko‘p iztirobdur, men ne qilay?

2075
Taronai ruboiy
Zahiriddin Muhammad Bobur