Sahifa yuklanmoqda . . .
Said Ahmad Satirik hikoyalari - Tanqidiy tafakkuringizni oshirish niyatidamisiz? U holda ba'zi kishilarda yoki jamiyatlarda uchrovchi nuqson va illatlar keskin tanqid ostiga olingan dunyoning eng qiziqarli satirik hikoyalari bilan tanishing.
«Qoplon» hikoyasi satirik asarning yaxshi namunasi bo‘lib, kishilardagi xushomadgo‘ylik, laganbardorlik, o‘z manfaati yo‘lida andisha-mulohazaga bormay surbetlarcha ish tutishi, odamlarni amal kursisiga qarab munosabat ko‘rsatishi kabi yaramas illatlar tanqidiga bag‘ishlangan. Hikoyadagi Qurbonboy obrazi misolida yozuvchi o‘zini hali tanimagan rahbarlar pinjiga kirishning nozik yo‘llarini topib olgan, hech bir istiholasiz laganbardorligini oshkora ko‘rsatib yurishdan orlanmaydigan, vaqti kelganda shartta yangi boshliqqa xizmat qilib ketaveradigan oriyatsiz, ablah bir shaxs qiyofasini ko‘rsatib beradi.