Sahifa yuklanmoqda . . .
Muhammadniyoz Komil Xorazmiy Mustaqil muxammaslari - Ushbu to'plamdan mumtoz ijodkorlarimizning asrlar silsilasiga bardosh berib, bizgacha yetib kelgan va to hanuz dillarni maftun qiluvchi mustaqil muxammaslari o'rin olgan.
Bu she’r Komilning el orasida g‘oyat mashhur bo‘lib ketgan muxammaslaridan biridir. Unda olamda yordan o‘zga kimsani ko‘rmayotgan, ko‘rishni istamayotgan fidoyi oshiq holati juda samimiy va ishonarli ifoda ettirilgan. Oshiqqa ma’shuqaning barcha jihati mukammal, nuqsonsiz tuyuladi. U to‘g‘rida o‘ylagani sari mehri jo‘shib ketadi. Uning bu ruhiy holati o‘ta nazokat bilan she’r musiqasiga singdirilgan.