Sahifa yuklanmoqda . . .

Said Ahmad Hikoyalari

Said Ahmad Hikoyalari - Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon hikoyalarining eng sara namunalari o'rin olgan. Bu yerda siz fransuz, ingliz, nemis, rus, hind, eron va amerika hikoyalarini o'zbek tilida o'qish imkoniyatiga egasiz.

"Sobiq" hikoyasida yozuvchi jamiyatimizda, halol kishilarning xatti-harakatlarida paydo bo‘layotgan dabdababozlik, nozarur yumushlarga chalg‘ib, kulgili vaziyatlarga tushib qolishi kabi nuqsonlar ustidan yengil kuladi. Katta maqsadlar yo‘lida intilayotgan yaxshi bir mehnatkash insonni asrab-avaylash, uning kuchidan oqilona foydalanish, har bir odam o‘z o‘rnida bo‘lib, o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozimligi kabi masalalar hajviy yo‘sinda tasvirlangan vaziyatlar orqali anglashiladi.

448
Yumoristik hikoya
Said Ahmad

«Qoplon» hikoyasi satirik asarning yaxshi namunasi bo‘lib, kishilardagi xushomadgo‘ylik, laganbardorlik, o‘z manfaati yo‘lida andisha-mulohazaga bormay surbetlarcha ish tutishi, odamlarni amal kursisiga qarab munosabat ko‘rsatishi kabi yaramas illatlar tanqidiga bag‘ishlangan. Hikoyadagi Qurbonboy obrazi misolida yozuvchi o‘zini hali tanimagan rahbarlar pinjiga kirishning nozik yo‘llarini topib olgan, hech bir istiholasiz laganbardorligini oshkora ko‘rsatib yurishdan orlanmaydigan, vaqti kelganda shartta yangi boshliqqa xizmat qilib ketaveradigan oriyatsiz, ablah bir shaxs qiyofasini ko‘rsatib beradi.

108
Satirik hikoya
Said Ahmad

Inson - eng oliy mavjudot. Inson - tabiat gultoji. U o'zida shunday xazinalarni jo aylaganki, bundan hatto o'zi ham bexabardir. Ammo u o'z iymonini yo'qotar ekan, eng tuban jonzotga aylanib qolishi ham mumkin. Bilaks, ba'zan hayvonlarda shunday ezgu fazilatlarni ko'rib qolamizki, ularni insonlarning barchasida ham ko'rish imkonsiz. Mazkur hikoyani o'qigach, bunga o'zingiz ham amin bo'lasiz.

95
Realistik hikoya
Said Ahmad