Bir ajib hol: mish-mishlarga boqsam, chevrada ko‘zga ilinarli odam qolmabdi. Tasavvur qilyapsizmi, odam yo‘q! Suv bo‘lmasa, qurg‘oqchilik bo‘ladi, narsa bo‘lmasa, yo‘qchilik bo‘ladi, pul bo‘lmasa, kambag‘alchilik bo‘ladi, yemak bo‘lmasa, ocharchilik bo‘ladi, Odam bo‘lmasa-chi?!
Ota o'z qizi uchun nimalarga tayyor deysiz?! Boz ustiga, onasidan erta yetim qolgan ko'ngli yarim qizining baxti uchun ota eng og'ir mashaqqatlarni-da bo'yniga olishga qodir bo'ladi. Ushbu hikoya qahramoni ham keksayib qolganiga qaramay, qizining kelajagi uchun yozuvchi bo'lishga qaror qiladi va bu yo'lda ko'plab sinovlarni boshdan kechiradi...