Sahifa yuklanmoqda . . .

Yer - Asarlar

Yer - Asarlar - yer so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Ogahiy ijodida uning «Ogohnoma» qasidasi salmoqli o’rin tutadi. Bu asar Muhammad Rahimxon Soniy, ya’ni Feruz Xiva taxtiga chiqishi munosabati bilan bitilgan. Qasida shohga tabrik va otasining o’limi uchun unga hamdardlik bilan boshlanadi. Ogahiy boshqa qasidago’ylar singari yosh hukmdorni maqtab, xushomad tulporini maydonga surmaydi, balki yurt boshqarish yuzasidan aniq va foydali o’gitlar beradi.

152
Qasida
Muhammad Rizo Ogahiy

Himmat nima? Ba'zilar uni faqat kimgadir nimadir bera olish fazilati deya tushunadilar. Yo'q, faqat bugina emas. Aslida himmat - bu o'zingizdan-da baland bo'lmoq. Ya'ni o'z istaklaringizni, aniqrog'i, nafsingiz istaklarini yengib o'tmoqlikdir. Mazkur g'azal bizga ushbu masalada saboq beradi.

264
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Siz Boburning ko'ngil dardlarini chuqurroq anglashni istasangiz, ushbu g'azalni albatta o'qing. Unda bir qarashda yordan ayrilgan oshiqning hijronda chekkan azobi ifodalangandek tuyulsa-da, she'rning asl mohiyatiga kirib borar ekansiz, aslida uning Vatanga bo'lgan tuyg'ulari aks etgan qalb manzarasi ekanini his etasiz.Vatan ishtiyoqi, g’urbat iztirobi Boburga qadar hech bir shoirda bunchalik yorqin va betakror ifodalanmagan edi.

1771
Yakpora g'azal
Zahiriddin Muhammad Bobur

Hazrat Navoiy iste'dodining ilk namunalaridan bo'lgan ushbu g'azal mavlono Lutfiyning lutfiga sazovor bo'lgan va she'riyat maydonida g'azal mulkining sultoni paydo bo'lganidan darak bergan edi. G'azal benihoya go'zal o'xshatish bilan boshlanadi: "Yorim yuzlarini yopar ekan, mening ko'zlarimdan har lahza yosh sochiladi, bu go'yo quyosh g'oyib bo'lgach, osmonda yulduzlar paydo bo'lishiga o'xshaydi".

7008
Voqeaband g'azal
Alisher Navoiy

Dardsiz kimsa dard neligin qaydan bilsin?! Sizning holingizni faqat ana shunday holatni boshdan kechirgan kishigina to'liq anglamog'i mumkin. Boshqalar esa, ming harakat qilmasinlar, baribir besamar. Ushbu fard ham hayotning ana shu ko'hna haqiqatidan saboq beradi.

1091
Fard
Alisher Navoiy

Mazkur hikoyada 1966-yil Toshkentda bo'lgan zilzila davri bilan bog‘liq hayotiy voqea qalamga olinadi. Asardan kelib chiqadigan asosiy xulosa insonda mehr, oqibat, do‘stlik, sadoqat degan tuyg‘ularni tarbiyalash, ularni asrab-avaylash g‘oyasidir. Yozuvchi qaldirg‘ochlar ibrati orqali, Nodiraning xatti-harakati orqali o‘z o‘quvchilarini juda muhim ma’naviy masalalar haqida ko‘proq o‘ylashga da’vat qiladi.

177
Realistik hikoya
Maqsud Qoriyev

Qadim zamonda bir chol bilan kampir bor ekan, ularning farzandi yo'q ekan. Chol o'tin terib sotib, tirikchilik qilar ekan. Har kuni o'tinga ketayotganida kampir unga qatirma qilib berar ekan. Chol qatirmani qo'yib, o'tin tergani ketsa, unga o'rgangan bir tulki kelib har kuni cholning qatirmasini yeb qo'yar ekan. Bir kuni chol o'tinga ketayotganida yo'ldan bir dona tuxum topib olibdi. O'tin teradigan joyga borganida birdaniga quyun ko'tarilibdi...

839
Sehrli ertak
Xalq og'zaki ijodi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podsho bor ekan. Uning bir qizi bor ekan. Nihoyatda sohibjamol, go‘zallikda tengi yo‘q, aqlli, hushyor qiz ekan. Uni kim bir marta ko‘rsa, yana bir ko‘rsam, deb orzu qilar ekan. Oti ham o‘ziga yarashgan Qamarxon ekan. Podsho qizini o‘g‘lidan ortiq ko‘rar ekan. O‘q otish, nayza sanchish, qilich urishda bu qizga barobar keladigan kishi yo‘q ekan...

231
Hayotiy-maishiy ertak
Xalq og'zaki ijodi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir shaharda bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning Mamatboy degan bitta-yu bitta o‘g‘li bor ekan. Kampirning ota meros bir hovlisi bor ekan. Chol-kampir bu hovlini uch yuz tillaga sotishibdi va maslahatlashib o‘g‘lini savdo ishiga o‘rgatmoqchi bo‘lishibdi. Chol o‘g‘lini chaqirib...

188
Hayotiy-maishiy ertak
Xalq og'zaki ijodi

Ushbu hikoya 1916-yilda yozilgan bo'lsa-da, birinchi bor 1921-yilda «Sharq chechagi» jurnalida bosilgan. Asar yozilganiga bir asr bo'lganiga qaramay, unda tasvirlangan voqealar o'zining originalligi, uslubiy ravonligi, tilining soddaligi va ifodaliligi bilan kitobxonlar e'tiborini tortib kelmoqda. Hikoya dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilingan bo'lib, jahon adabiyotining eng sara asarlari qatoridan joy olgan.

161
Mistik hikoya
Abdulla Qodiriy