Sahifa yuklanmoqda . . .

Tug'ilish - Asarlar

Tug'ilish - Asarlar - tug'ilish so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Qachongacha zog‘lar bilan olishaman Bu tog‘larning sarlochini menman deya. Qachongacha tog‘lar bilan olishaman, Cho‘qqi emas, osmonlarga tengman deya.

115
She'r
Shavkat Odiljon

Inson hayotida shunday damlar bo'ladiki, umr yo'llari aro odimlashdan bir dam to'xtab, ortiga nazar solgisi va bosib o'tgan manzillarini bir-bir sarhisob qilgisi keladi. Bunda inson goho amalga oshirgan ezgu ishlari, erishgan yutuqlari, olgan saboqlarini ko'rib quvonsa, goho bilib-bilmay qilgan xatolari, yanglishish va yo'qotishlarini o'ylab, qalbi mahzun bo'ladi. Ushbu she'r ham ana shunday falsafiy mushohadalar ifodasidir.

1599
She'r
Abdulla Oripov
Abdulla Oripov

“Sokin isyon”... Bu ikki so'z aslida bir qozonda qaynamaydi − sokinlik isyonni, isyon sokinlikni inkor etadi. Hech ham qovushmaydi ular go'yo. Lekin Shavkat Rahmonning o’zini shaxsan tanigan, yaqindan bilganlar bu ikki ters holat uning shaxsiyatida nihoyatda munosib ravishda qovushganini, bir-biri bilan rosa chiqishganini ko'radi. Shoirning bu sokin isyoni qayg'uli yoki g'azabga minilgan onlardagina emas, balki “eng baxtiyor lahzalarda ham” so'nmaydi. Chunki uning tuyg'ulari yuzada emas...

339
She'r
Shavkat Rahmon