Rahm etib, ey do‘stlar, majruh ko‘ksumni yoring,
Qo‘l yolang aylab solib, har yon ichimni axtoring.
Uchrasa yuzi qora ko‘nglum tutub, tortub, uzub,
O‘tqa solib o‘rtabon, jonimni andin qutqoring.
Bu g’azal shoh va darvesh munosabati haqidagi yaxlit bayonnoma – dastur! Unda shoir shoh va darvesh orasidagi tubsiz jarlikday ko’ringan tafovutni bir-birini rad etuvchi dalil-misollar bilan ajoyib tarzda, hayajon, shavq bilan qiyoslab ko’rsatar ekan, tasavvufning jasoratbaxsh g’oyalaridan biri – darvesh shohdan afzal va ulug’, shuning uchun darvesh shohga emas, shoh darveshga muhtoj, degan fikrni ehtirosini yashirmay, qizg’in ma’qullaydi.