Sahifa yuklanmoqda . . .

Ro’zg’or - Asarlar

Ro’zg’or - Asarlar - ro’zg’or so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana, Tiyra bo‘ldi ro‘zg'orim ul qaro qoshdin yana. Men xud ul tifli parivashg'a ko‘ngul berdim, vale, Xonumonim nogahon buzulmag'ay boshdin yana. Yuz yomonliq ko‘rub ondin telba bo‘ldung, ey ko‘ngul, Yaxshilig'ni ko‘z turarsen ul parivashdin yana. Tosh urar atfol mani, uyida forig‘ ul pari, Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana. Oyog'im yetgancha Boburdek ketar erdim, netay, Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.

1191
Yakpora g'azal
Zahiriddin Muhammad Bobur