Sahifa yuklanmoqda . . .
Qish - Asarlar - qish so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Tuyuq "yoza men" so'zlari tajnisiga asoslangan. Satrlar ketma-ketligi asosida talqin etilganda quyidagicha fikrlar ilgari surilgani ma’lum bo‘ladi: Charxi kajraftor (egri aylanuvchi charx, zamon) elidan noroziman, (Chunki) hijron (ayriliq) qishidan yozga chiqa olmadim. Har qancha u shohga qulluq (iltifotli maktub) yozganim bilan meni bir yorliq (maktub) bilan u yod etmaydi.
Ushbu hikoyada bir inson taqdiri misolida hayotning murakkab qiyofasi, inson umrining silsilalari haqqoniy tarzda yoritib berilgan. Asarni o'qir ekansiz, beixtiyor dunyo, hayot, taqdir, umr mazmuni haqida chuqur mushohadalarga borasiz...
Mazkur hikoyada 1966-yil Toshkentda bo'lgan zilzila davri bilan bog‘liq hayotiy voqea qalamga olinadi. Asardan kelib chiqadigan asosiy xulosa insonda mehr, oqibat, do‘stlik, sadoqat degan tuyg‘ularni tarbiyalash, ularni asrab-avaylash g‘oyasidir. Yozuvchi qaldirg‘ochlar ibrati orqali, Nodiraning xatti-harakati orqali o‘z o‘quvchilarini juda muhim ma’naviy masalalar haqida ko‘proq o‘ylashga da’vat qiladi.
O‘tgan zamonda Qo‘qon shahrida bir podsho yashagan ekan. Bu podshoning bitta-yu bitta jonon piyolasi bor ekan. Yer yuzini ming marta aylanib chiqsangiz ham bunaqangi piyolani topolmas ekansiz. U shu qadar chiroyli ekanki, qorong‘i tunni oy nuri kabi yoritar ekan. Podsho piyolani tilla sandiqning ichida saqlar ekan. Piyola turgan uyning atrofida bir qancha qo‘riqchilar turar ekan. Agarda podshoning choy ichkisi kelsa, ishonchli odamini yuborib, jonon piyolasini oldirtirar ekan...
Bir kuni tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. Tulkiboy yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi. Kampirni ko‘rib: "Ona, senga shu angishvonani ertagacha qoldirib ketaman, ertalab kelib olaman", — deb chiqib ketibdi. O’zi eshikning tirqishidan kampirning angishvonani qayerga qo‘yganini ko‘rib olibdi. Tulkiboy kampir uxlagandan keyin...
Har bir inson hayoti bir hikoya va u har qanday buyuk yozuvchining hikoyalaridan ko'ra qiziqroqdir. Sababi hikoyalar ko'pincha muallif tomonidan o'ylab topilgan bo'ladi. Inson taqdiri esa Alloh tomonidan bitilgan. Shu bois har bir inson taqdiri betakror. Ushbu asarda ham hech kim e'tibor bermaydigan oddiygina bir insonning hayratomuz taqdiri hikoya qilinadi.
Ota o'z qizi uchun nimalarga tayyor deysiz?! Boz ustiga, onasidan erta yetim qolgan ko'ngli yarim qizining baxti uchun ota eng og'ir mashaqqatlarni-da bo'yniga olishga qodir bo'ladi. Ushbu hikoya qahramoni ham keksayib qolganiga qaramay, qizining kelajagi uchun yozuvchi bo'lishga qaror qiladi va bu yo'lda ko'plab sinovlarni boshdan kechiradi...
Hayot juda qiziq. U biz kutmagan tasodiflarga to'la. Kimdir birovga yaxshilik qilaman deb bilmay yomonlik qilib qo'ysa, boshqa kimdir birovga yomonlik tilab qilgan harakati aksincha natija berishi ham mumkin. Shuning uchun ham dono xalqimiz "Birovga chox qazisang, o'zing yiqilasan", deydi... Agar siz bir kambag'al yigitning hayotini ermak qilib huzur topishni niyat qilgan kishining qilmishi qanday oqibatlarga olib kelganini bilishga qiziqsangiz, ushbu hikoyani, albatta, o'qib ko'ring.