Sahifa yuklanmoqda . . .
Pul - Asarlar - pul so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Inson qadri. Aslida uni hech narsa bilan o'lchab ham, qiyoslab ham bo'lmaydi. Sababi inson - eng oliy xilqat. Ammo ba'zi insonlar inson qadrini uning puli, martabasi, shon-shuhrati va egallab turgan lavozimi bilan o'lchaydilar. Ushbu asar ham inson qadri haqida mulohaza yuritishga undovchi ibratomuz hikoyadir.
"Odamlarga beg'araz kulgi ulashib, ularning qalbidan g'uborlarni ketkazuvchi hazil chinakam hazil, aks holda, u bema'nilikdan o'zga narsa emas", deydilar. Ushbu hikoya qahramonlari ham katta odamlar bo'lishiga qaramay, ana shunday bema'nilikni o'ziga odat qilgan kishilardir. Hikoya bilan tanishish jarayonida ba'zi hazillarning tagi zil ekaniga o'zingiz ham amin bo'lasiz.
Hayot juda qiziq. U biz kutmagan tasodiflarga to'la. Kimdir birovga yaxshilik qilaman deb bilmay yomonlik qilib qo'ysa, boshqa kimdir birovga yomonlik tilab qilgan harakati aksincha natija berishi ham mumkin. Shuning uchun ham dono xalqimiz "Birovga chox qazisang, o'zing yiqilasan", deydi... Agar siz bir kambag'al yigitning hayotini ermak qilib huzur topishni niyat qilgan kishining qilmishi qanday oqibatlarga olib kelganini bilishga qiziqsangiz, ushbu hikoyani, albatta, o'qib ko'ring.
Oddiygina kitob do'koni sotuvchisi nimani orzu qilishi mumkin? Juda ko'p narsani, albatta. Kutilmaganda bu inson o'z kutubxonasida qimmatbaho haykalcha saqlayotganini bilib qoladi. Nihoyat, omad unga ham kulib boqadi va u kimoshdi savdosi orqali mo'maygina daromadni qo'lga kiritadi. Ammo bu pullar unga baxt keltirmaydi, aksincha, uni qotilga aylantiradi...