Oybek uchun ijod yashash tarzi edi. U hatto xasta paytida ham o‘zini ijodiy mehnatsiz tasavvur etmagan. Shuning uchun ham adib sog‘ayishi va sog‘aygach bearmon yozishi mumkin bo‘lgan paytni orziqib kutgan:
Xastamen... Fikrga, tuyg‘uga to‘lib-
Oy menga hamqadam-asta yuramen.
Sog‘aysam, bir kuni yozamen to‘yib,
Hislarga qalbimni qo‘shib yozamen...
1959-yilda yozilgan bu she’rda Oybekning shu kezlardagi birdan-bir armoni katta badiiy kuch bilan ifodalangan.
Hikoya oydin kechalarning birida Zaynab kampirning cho'chib uyg'onishi tasviri bilan boshlanadi. Hamma tinch va xotirjam uyquga tolgan bir mahalda kimdir o'ksinib-o'ksinib yig'lar edi. Qora tun qo'ynida orom topa bilmagan insonning kim ekanligi haqida xayol qilgan kampir to'satdan yig'layotgan insonning o'z kelini ekanligini bilib qoladi. Yosh kelinchakni tun o'rtasida yig'lashga nima majbur qildi?