Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi...
Ta'magirni tortqilab,
Nafsi qo`ymas deydilar.
Nokas o`zi to`ysa ham,
Ko`zi to`ymas deydilar.
Boq bir yorug` olamga —
Kimlar zo`rg`a kun ko`rar.
Odamlar bor, bog`dagi
Bulbuldan ham pul so`rar...