Sahifa yuklanmoqda . . .

Audioasarlar

Audioasarlar - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Agar siz Cho'lponning xalqqa bergan ta'rifini bilmoqchi bo'lsangiz, albatta, ushbu she'r bilan tanishing. Shuningdek, unda shoirning yurt ozodligi haqidagi yorug' o'ylari ham o'z ifodasini topgan.

1627
She'r
Abdulhamid Cho'lpon
Kavsar

Cho'lpon she'rlari ko'povozlidir. Ularni o'qigan har bir kitobxon o'z bilimi va saviyasiga ko'ra xulosa chiqaradi. Jumladan, ushbu she'rda ham lirik qahramon "Go'zal"ni so'roqlab, yulduzga, oyga, quyosh-u shamolga murojaat qiladi. Kim edi u go'zal? Odam timsolimi, ozodlik ramzimi, baxtmi yoki taqdir ifodasimi? Xulosa qilish sizdan...

6040
She'r
Abdulhamid Cho'lpon
Kavsar

Bahor. Borliqda turfa go'zallik. Olam zarrin nurlar va gullarga burkangan. Barcha bu latofat qarshisida mast. Biroq lirik qahramon qalbi nechukdir bezovta. U atrofidagi go'zallikni yana kimgadir ilinadi. Usiz hayot zavqsiz, olam nursiz, hatto bahor ham g'aribdir. U uchun borliqda faqat bir savol kezadi: "Sen bahorni sog'inmadingmi?.."

1568
She'r
Abdulla Oripov