Xayyom, ichkilikdan kayf qilib, shod bo’l,
Bir dam go’zal bilan o’ltirib, shod bo’l,
Jahonda har ishning poyoni – yo’qlik,
Yo’qlig-u borlikni bir bilib, shod bo’l.
Muhabbat dardiga davo bormi? Oshiq o'z ma'shuqasini unutmoqqa har qancha urinmasin, besamar. Kunduzlar o'zini hayot tashvishlariga alahsitsa-da, kechalar yana uning yodi yurakka qaytadi va shu zahoti oshiq jism-u jonini zabt etadi. Shunda u munavvar tunga boqib, yig'lagan ko'yi yor ismini takrorlaydi. O'rtada masofa olis. Mahbuba o'z oshig'ining ovozini eshitmas. Biroq shunda ham oshiq ming andisha bilan yoridan mabodo uning ovozini eshitib qolsa, ishonmasligini, yig'lamaslini so'rar ekan, bir o'tinchdan o'zini tuya olmaydi: "Unutma faqat..."