Sahifa yuklanmoqda . . .


Har kecha xotiring yurakka qaytar...

Har kecha
xotiring yurakka qaytar,
zabt etar
lahzada
jon-u jismimni.
Tashqari chiqaman —
kecha munavvar...
Shunda
takrorlayman yig‘lab ismingni.

Ammo o‘rtamizda bepoyon kecha —
yulduzlar o‘rtangan sokin bir xilqat.
Yolg‘izim,
mabodo
ovozim etsa,
ishonma...
yig‘lama...
unutma faqat.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Aprelda yuklangan

53 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kecha xotira yurak zabt jism jon lahza tashqari yig'i ism munavvar poyon yulduz xilqat ovoz ishonch
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari