Tong otdi. Ko’chaning bag’rida
Odamlar yuradi o’zicha.
Hayotni mo’ltirab kuzatar
Daraxtda o’tirgan musicha.
Kim daydi yellardek kezinar,
Kim ko’zdan ma’nolar o’qiydi.
Musicha daraxtda o’tirib,
Ming turli falsafa to’qiydi.
Bir yerda aqchasiz gadolar,
Bir yerda yuraksiz boylarmi?..
Atirgul barglari... Oddigina manzara. Oddiy ko'z bilan boqsangiz, unda mo'jizakor hech nima yo'qday. Ammo lirik qahramon bu gulga ko'ngil ko'zlari bilan boqadi va uning necha ming jon uchun butun boshli bir dunyo ekanini ko'radi. Qalbini ishq asir etgan, o'zidagi nafsni yenggan va malaklikka moyil bo'lgan jumla tirik jon borki, shu atirgulning xushbo'y va nafis gulbarglari qatidan o'ziga makon tutibdi...