Sahifa yuklanmoqda . . .

Lojaram - Asarlar

Lojaram - Asarlar - lojaram so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Mazkur g’azalda shoirning shaxsiy kechinmalari kutilmaganda ijtimoiy xususiyat kasb etadi. U befavo yordan shikoyat qila turib, birdaniga umumlashma xulosa chiqarishga, hayotning adolatsizligini baralla aytishga tutinadi. Odatda, ma’shuqadan yozg’irilmaydi. Oshiqlik odobi ham, solikning sadoqati ham shuni taqozo qiladi. Lekin har qanday sabr-toqatning ham chegarasi borligi chin bo’lsa kerakki, shoir kimnidir «nodon» degan yorliq bilan siylaydi. Ehtimol, bu sifat yor qoshidan joy olgan raqibga atalgandir, ehtimol ma’shuqaga? Har holda shoir shaxsiy dardini she’ridan umumlashtiruvchi xulosa chiqarishning vositasiga aylantiradi.

1700
Yakpora g'azal
Lutfiy