Sahifa yuklanmoqda . . .
G'afur G'ulom Asarlari - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.
G'.G'ulom bu she'rda «o‘zbek otasi»ning bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosini aks ettirgan. Unda otalarimizga xos bo‘lgan jamiki fazilatlar o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ularning samimiyligi, jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhabbati, kuzatuvchanligi, tantiligi, andishasi... barcha-barchasi shu she’rda namoyon bo‘ladi.
Lahza nima? Ko‘z ochib yumguncha o‘tadigan fursat. Go‘yo e’tiborga, diqqatga arzimaydi. O‘z umrini poyonsiz deb o‘ylaydigan aksariyat odamlar uchun lahzaning sariq chaqalik qimmati bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq... Biroq shoir bu she'ri orqali butun insoniyat hayoti - uning quvonch-u tashvishlari, hatto qismati ham mana shu lahzalarga jo ekanini favqulodda misollar bilan isbotlab beradi.
"Kecha tog'ang berib ketgan zog'oradan ikkitasini olib qo'yganman, birgalashib choy ichamiz", "Voy o'lay, qutlug' uydan quruq ketasanmi, bolam? Bir nima olib ket", "Xayr, o'g'rigina bolam, kelib tur". Bu tunda uyini o'marish uchun kelgan insonga uy sohibasining aytgan so'zlari edi. Voajab! Kim o'g'riga bunday munosabatda bo'ladi?! Buning ustiga urush davrining og'ir qahatchiligi damlari bo'lsa... Javob bitta: faqat o'zbek ayoli!