Sodda Muhammadman,
Sodda Muhammad.
Turkman qizni maqtab baloga qoldim.
Ko`ylagiga havas qilgandim faqat,
Toabad tuganmas g`avg`oga qoldim…
Nedan ranjidingiz, jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.
Turkman tushunmay tosh otsa, chidardim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar...
Sen baxtlisan mendan yiroqda —
Yelkangdagi farishta aytdi.
Sen ketgan so’ng mening ko’nglimga
Momo Havvo hasrati qaytdi.
Ko’zlaringda yonib turar nur,
Faqat oppoq o’ylar surasan.
Tushlaringda atirgul taqqan
Hijronlarning aksin ko’rasan.
Qo’l siltaysan:»Menga baribir,
Men hech kimga ichmovdim qasam»...