Bir sahroyi ayolning
O'g'ilchasi sho'x ekan.
Undan zarar ko'rmagan
Biror kuni yo'q ekan.
Qozondagi taomin
Tepib qochib ketarkan.
Meshidagi suvini
Sepib qochib ketarkan...
Kuyov bolam, o'z bolam,
Mani qorako'z bolam,
Dilimda bir so'z, bolam,
Qizim yomon - siz yaxshi.
Erka bolam, arslonim,
Oyim turgan osmonim,
Qo'lingizdadur jonim,
Qizim yomon - siz yaxshi...
Oqshom bo‘yi osmonda suzgan
Bulutlarning rangi qoramtir.
Uni mendan ajratib turar
Tun chiroqdan oqayotgan nur.
Men gullarning sochini o‘rdim,
Ermak qildim yolg‘izligimdan.
Bashorat qil, ey lo‘li ayol,
Baxtli yoki baxtsizligimdan.
Derazamga urildi chaqmoq
Bor arazi, kinlari bilan...