Sahifa yuklanmoqda . . .

Hayvonlar haqidagi ertaklar

Hayvonlar haqidagi ertaklar - Bola dunyoqarashining shakllanishida ertaklarning o'rni beqiyos. Kichkintoylar ertaklarning sehrli olamiga sayr qilish orqali murg'ak tafakkurlarida haqiqiy hayot haqida tasavvur hosil qilish bilan birga jajji qalblarida ezgulikka muhabbat va yovuzlikka nafrat hissini tuyadilar. Mazkur to'plamdan o'zbek va jahon adabiyotidagi hayvonlar haqidagi ertaklarning eng yaxshi namunalari o'rin olgan.

Bir kuni tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. Tulkiboy yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi. Kampirni ko‘rib: "Ona, senga shu angishvonani ertagacha qoldirib ketaman, ertalab kelib olaman", — deb chiqib ketibdi. O’zi eshikning tirqishidan kampirning angishvonani qayerga qo‘yganini ko‘rib olibdi. Tulkiboy kampir uxlagandan keyin...

397
Hayvonlar haqidagi ertak
Xalq og'zaki ijodi

O‘tgan zamonda bir boy bor ekan. Uning eshagi va bir ho‘kizi bor ekan. Uning yeri ko‘p ekan, qarol-qo‘shchilariga ekin ektirib kun otkazar ekan. Xo‘jayinning o‘g‘illari ko‘pincha eshakni minib yurar ekanlar. Xo‘jayin eshakka yarasha egar-to‘qim qildirib bergan ekan. To‘qimi gajimli, juda ham kelishgan ekan. Shunday qilib...

387
Hayvonlar haqidagi ertak
Xalq og'zaki ijodi

Bir cho‘pon daladan qaytayotganda, katta ariqning narigi yog‘idagi to‘qayga o‘t ketganini ko‘ribdi. Bir vaqt suv bo‘yiga kelib qarasa, qamish ichida bir katta ilon vishillab kuyib ketayotgan emish. Cho‘ponning rahmi kelibdi, qo‘lidagi uzun tayoqning uchiga xaltani boylab ilon tomonga uzatibdi. Ilon jon holatda o‘zini xaltaga uribdi, cho‘pon xaltani tortib olib, og‘zini ochibdi...

361
Hayvonlar haqidagi ertak
Xalq og'zaki ijodi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, baland tog‘ bag‘ridagi sero‘t, ko‘m-ko‘k vodiyda bir echki o‘z bolalari bilan yashar ekan. Birinchi bolasi Bulbuli, ikkinchisi Gulsari, uchinchisi Sarguli, to‘rtinchisi Xamirturush, beshinchisi Mirvaxo‘rish, oltinchisi Lolaqizg‘aldoq deb atalar ekan...

413
Hayvonlar haqidagi ertak
Xalq og'zaki ijodi

Bo‘ri bilan tulki ikkovi do‘st tutingan ekan. Bir kuni tulki bo‘rining oldiga kelibdi, bo‘ri juda ochiqib turgan ekan, tulkiga qarab: — E, do‘stim tulki, yaxshi kelding, qani yur, meni biror joyga olib bor va qornimni to‘yg‘azib, xursand qilib kelgin, — debdi. Tulki «xo‘p» debdi-yu, oldinga tushib, ketidan bo‘rini ergashtirib ketaveribdi...

427
Hayvonlar haqidagi ertak
Xalq og'zaki ijodi