Sahifa yuklanmoqda . . .

Detektiv hikoyalar

Detektiv hikoyalar - Hayot inson qarshisiga ikki yo'l qo'yadi: biri to'g'ri, biri egri yo'l. Biri hidoyat, boshqasi esa razolat yo'li. Ulardan birini tanlash imkoni esa insonning o'ziga berilgan. Egri yo'ldan yurib, jinoyat ko'chasiga kirgan kishi borki, buning jazosini tortishi muqarrar. Bu jazo turlicha bo'ladi: qonun oldidagi javobgarlik, vijdon oldida javobgarlik, odamlar oldida javobgarlik va hk. Shunday bo'lgani holda insonni jinoyat qilishga nimalar majbur qiladi? Ushbu to'plamdan o'rin olgan o'zbek va jahon adabiyotidagi eng qiziqarli detektiv asarlar mutolaasi orqali siz inson tafakkurining yana bir qirrasini kashf etish imkoniga ega bo'lasiz.

Siz kutilmagan hodisalar ishqibozimisiz? Kutilmagan voqealarga boy hikoyalarning-chi? Unda bu asar faqat siz uchun. Mazkur asarda bir kun to'satdan notanish bir kishi idoraga kirib kelib "Men yo'q qilish xizmatidanman", deya tashrif qog'ozini ko'rsatadi. Xo'sh, unga bu yerda qanday munosabatda bo'ladilar? Uning maqsadi nima edi? Bilishni istaysizmi? U holda hikoyani o'qing.

313
Detektiv hikoya
Robert Shekli

Ushbu hikoya dahshatli qotillik manzarasi bilan boshlanadi. Sakkiz yildan beri kotib bo'lib ishlovchi kishi o'z xo'jayinini o'ldirib qo'ygan. Dahshatlisi, qotillik sodir etilgan qurol oddiy qurol emas, inson bosh chanog'i edi! Qotildan buning sababini so'rashganda u "marhumning iqrori sababli", deb ochiq aytadi. Marhum nimaga iqror bo'lgan ediki, javobi o'lim bo'ldi? Bu hikoya so'ngida ma'lum bo'ladi.

295
Detektiv hikoya
Bill Pronzini

Qing'ir ishning oxiri voy. U qanday ko'rinishda bo'lishidan qat'i nazar. Ammo inson ba'zida bir qabih ishini yopish uchun ikkinchi bir qabihlikka qo'l uradi. Oqibatda esa buning jabrini o'zi va yaqinlari ko'radi. Ushbu hikoyada ham o'z qilmishini yashirishga uringan auditorning topgan g'ayrioddiy chorasi uning o'z hayotiga qanday ta'sir qilgani tasvirlangan.

193
Detektiv hikoya
Lourens Blok

"Odamlarga beg'araz kulgi ulashib, ularning qalbidan g'uborlarni ketkazuvchi hazil chinakam hazil, aks holda, u bema'nilikdan o'zga narsa emas", deydilar. Ushbu hikoya qahramonlari ham katta odamlar bo'lishiga qaramay, ana shunday bema'nilikni o'ziga odat qilgan kishilardir. Hikoya bilan tanishish jarayonida ba'zi hazillarning tagi zil ekaniga o'zingiz ham amin bo'lasiz.

321
Detektiv hikoya
Deymon Ranon

Kutilmaganda notanish odamdan kelgan xat insonga qanday ta'sir qilishi mumkin? Buning ustiga xatda g'ayrioddiy so'zlar bitilgan bo'lsa... Albatta, bu xat mazmuni va xatni olgan insonning o'sha paytdagi holatiga bog'liq. Zero, bunday maktublar inson kayfiyatiga jiddiy ta'sir etibgina qolmay, uning hayotini butunlay yangi o'zanga burib yuborishi ham mumkin. Ushbu hikoya bu fikrning yaqqol isbotidir.

192
Detektiv hikoya
Lourens Blok

"Iste'dod yetarli darajada qadrlanmagan joyda fojia yuz beradi", degan edi faylasuflardan biri. Mazkur hikoya orqali ham ushbu hikmatning nechog'li to'g'ri ekanini ko'rish mumkin. Asarlarining qiymati muharrir tomonidan o'ta past baholanishi yozuvchini nimaga yetakladi? Hikoyani o'qigach buni bilib olishingiz mumkin.

214
Detektiv hikoya
Lourens Blok

Oddiygina kitob do'koni sotuvchisi nimani orzu qilishi mumkin? Juda ko'p narsani, albatta. Kutilmaganda bu inson o'z kutubxonasida qimmatbaho haykalcha saqlayotganini bilib qoladi. Nihoyat, omad unga ham kulib boqadi va u kimoshdi savdosi orqali mo'maygina daromadni qo'lga kiritadi. Ammo bu pullar unga baxt keltirmaydi, aksincha, uni qotilga aylantiradi...

279
Detektiv hikoya
Piter Lavsi