Sahifa yuklanmoqda . . .
Alisher Navoiy Xos ruboiylari - Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan bo'lib, ularda shoirning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari va pand-nasihatlari ifodalanadi. Ushbu to'plamdan o'zbek mumtoz adabiyotining eng sara xos ruboiylari o'rin olgan.
Ushbu ruboiyda erk tuyg’usi va vatanidan uzoq («g’urbat»)da bo’lgan kishi, ya’ni «g’arib»ning holi ifoda etilyapti. Shoir g’urbatdagi g’aribning quvnoq bo’lishi, begona elning unga shafqat va mehribonlik ko’rsatishi mumkin emasligini tasvirlaydi. Bu fikrni ta’sirliroq qilish uchun ruboiyning so’nggi ikki satrida psixologizm asosiga qurilgan go’zal bir qiyos keltiradi. Chunonchi, bulbulga oltindan qafas yasab, ichida qizil gul ko’kartirib qo’yilsa ham, unga tikanlar orasidagi o’z ini o’rnini bosa olmasligi ko’rsatilgan. Bulbul erkinlikdagina o’zini bulbul his qiladi. Oltindan bo’lsa-da, qafas baribir qafas. Demak, g’urbatdagi kishini har qancha ardoqlamasinlar, u shodmon bo’la olmaydi.