Sahifa yuklanmoqda . . .

Umarxon Amiriy Musalsal g'azallari

Umarxon Amiriy Musalsal g'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara musalsal g'azallari o'rin olgan.

Ushbu g'azal favqulodda tasvirga ega. Odatda, she’riyatda inson xatti-harakat va ruhiy holatlarni tabiiy hodisalardan o’rganganligi tasvirlanardi. Bu o’rinda kutilmagan badiiy holat yuzaga keladi. Ya’ni tentaklik daryosi tug’yonni, toshqinni, guvillashni she’r qahramonidan o’rganganligi tasvirlanadi. Shu tariqa baytma-bayt fikrni rivojlantirib borgan shoir so'nggi baytda mumtoz ishqiy lirika tajribasida kamdan-kam bo’ladigan holatni beradi. Ya’ni oshiq dardiga davo topganini ifoda etadi...

1861
Musalsal g'azal
Umarxon Amiriy