Sahifa yuklanmoqda . . .

To'ra Sulaymon Falsafiy hikoyalari

To'ra Sulaymon Falsafiy hikoyalari - Falsafa - hikmatlar ilmi. Dunyo sinoatlarga to'la. Atrofga teran nigohlar bilan boqa olgan kishilargina ularni idrok eta oladi. Agar siz falsafiy mushohadalar yurituvchi oqil do'st izlayotgan bo'lsangiz, ular falsafiy asarlar ekanini unutmang. Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon adabiyotidagi eng sara falsafiy hikoyalar o'rin olgan.

Tana-to‘shi qotmadan kelgan, bo‘y-basti, qad-qomati mirzaterakday tik; chollikdan-dollikdan, behollikdan so‘z ochsangiz, hali-beri qariyalikni bo‘yniga oladigan ahmoq yo‘q, deya ilmoqli savolingizni o‘zingizga chalpak qilib yopishtirib qo‘yadigan chapaniroq, ayni choqda tanti, yuzlari hamon Baxmalning “besh yulduz” olmasiday tiniq To‘lanboy otaning yoshi yetmishga tutashib qolganiga qaramay, sovitilgan otday! Kunba-kun yasharib borayotganiga ayrim uzangi-yo‘ldoshlari havas qilsa, boshqalari hasad qilib qo‘yarlar.

1
154
Falsafiy hikoya
To'ra Sulaymon