Oppoq, toza dasturxonga yo‘rgaklangan chaqaloqni tizzalari orasiga yotqizib-tebratib o‘tirgan juvon ayvonning lang ochiq derazasidan bo‘ynini cho‘zib hovliga qaradi. Quvalashayotgan bir juft musichani ko‘rdiyu yo‘rgakni avaylab ko‘rpachaga yotqizdi, o‘rnidan ildam turib kalishini oyog‘iga ilganicha hovliga tushdi.
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..
Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga...