Siz kutilmagan hodisalar ishqibozimisiz? Kutilmagan voqealarga boy hikoyalarning-chi? Unda bu asar faqat siz uchun. Mazkur asarda bir kun to'satdan notanish bir kishi idoraga kirib kelib "Men yo'q qilish xizmatidanman", deya tashrif qog'ozini ko'rsatadi. Xo'sh, unga bu yerda qanday munosabatda bo'ladilar? Uning maqsadi nima edi? Bilishni istaysizmi? U holda hikoyani o'qing.
Agar kelmoq umid bo'lsa, ketmoq ana shu umidning sinishidir. Ishq yo'liga kirgan insonning umidi yor vasli bo'lsa, ana shu yolg'iz umiddan-da judo bo'lmoq oshiq uchun o'limdan ham og'irroq bo'ladi. Ushbu she'r armon ko'chasi tomon yuz burgan bag'riqon oshiqning yorga aytgan so'nggi dil so'zlaridir.
Shodlik va baxt kuychisi Hamid Olimjonning „Xayolimda bo’lding uzun kun...“ she’ri yuksak san'atkorlik va badiiy did mahsuli bo'lib,unda poetik kashfiyotni ko‘ramiz, uning mutanosibligidan, qalb torlarini sehrli tebratishidan hayajonga tushamiz, „hiylagar oy, sehrgar dilbar kimnidir yodimizga solib qo‘yganidan“ huzur va soginch tuyamiz.