Ushbu tuyuq "bor" so'zining tajnisi asosiga qurilgan bo'lib, unda shoir bevosita o'z ko'ngliga murojaat etadi: "Ey ko'nglim, yor bo'lmasa, senga ne naf bor? Sen faqat o'sha sochlaridan anbar hidi anquvchi go'zal bor yerga bor. Sen uning barcha jabr-u sitamlarini tortaver, toki bir kun kelib, bor, ya'ni samara bo'ladi". Ushbu nozik so'z o'yinidagi go'zal ma'noga qoyil qolmaslikning iloji yo'q!
Mazkur hikoyada 1966-yil Toshkentda bo'lgan zilzila davri bilan bog‘liq hayotiy voqea qalamga olinadi. Asardan kelib chiqadigan asosiy xulosa insonda mehr, oqibat, do‘stlik, sadoqat degan tuyg‘ularni tarbiyalash, ularni asrab-avaylash g‘oyasidir. Yozuvchi qaldirg‘ochlar ibrati orqali, Nodiraning xatti-harakati orqali o‘z o‘quvchilarini juda muhim ma’naviy masalalar haqida ko‘proq o‘ylashga da’vat qiladi.