Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi...
O‘tgan zamonda bir boy bor ekan. Uning eshagi va bir ho‘kizi bor ekan. Uning yeri ko‘p ekan, qarol-qo‘shchilariga ekin ektirib kun otkazar ekan. Xo‘jayinning o‘g‘illari ko‘pincha eshakni minib yurar ekanlar. Xo‘jayin eshakka yarasha egar-to‘qim qildirib bergan ekan. To‘qimi gajimli, juda ham kelishgan ekan. Shunday qilib...