Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo‘ldim,
Demon bexonumon, ovvorayi ikki jahon bo‘ldum.
Labing gar bermasa bo‘sa nechuk jon elta olg'aymen,
Bu yo‘ldakim, adam sahrosig'a emdi ravon bo‘ldum.
So‘rub ul oy labidin og'zining ramzini angladim,
Bir og'iz so‘z bila ko‘rungki muncha xurdadon bo‘ldum.
Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko‘rsattim,
Vale oxir malomat o‘qlarig'a-o‘q nishon bo‘ldum.
Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig'a,
Bu Shirindurki oning birla-o‘q hamdoston bo‘ldum.
Visoling davlatig'a yetmasam Bobur kibi, ne tong,
Ki hajring mehnatida asr-u zor-u notavon bo‘ldum.
Oqara boshladi bosh-u to‘kula boshladi tish,
Safar yarog'ini qilg'ilki, tushti boshinga ish.
Yigitligim boribon, keldi boshima qarilig',
Fano yo‘lida bu yanglig' emish borish-u kelish.