Ushbu hikoya dahshatli qotillik manzarasi bilan boshlanadi. Sakkiz yildan beri kotib bo'lib ishlovchi kishi o'z xo'jayinini o'ldirib qo'ygan. Dahshatlisi, qotillik sodir etilgan qurol oddiy qurol emas, inson bosh chanog'i edi! Qotildan buning sababini so'rashganda u "marhumning iqrori sababli", deb ochiq aytadi. Marhum nimaga iqror bo'lgan ediki, javobi o'lim bo'ldi? Bu hikoya so'ngida ma'lum bo'ladi.
Siz g'ayrioddiy voqealarga ishonasizmi? Axir biz har kuni odatiy voqealarni boshdan kechirishga o'rganib qolganmiz. Ammo bu g'ayrioddiy hodisalarni inkor etishga asos bera olmaydi. Mazkur hikoya ham dunyoga dong'i ketgan adibning ana shunday g'ayrishuuriy mavzuda bitgan asaridir.