Sahifa yuklanmoqda . . .

Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy Musalsal g'azallari

Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy Musalsal g'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara musalsal g'azallari o'rin olgan.

Oshiqlar hamisha yorning vafosizligidan shikoyat qilib kelganlar. Avvalo, bu yerdagi yorning ham, vafoning ham ma’nosi g’oyat keng. Bu umrning vafosi, dunyoning vafosi, davlatning vafosi va hokazo. Bularning bari bitta maxrajda -Allohda to’liq jam bo’ladi. Lekin shoir o’z niyatini naqadar istig’no bilan ifoda etmoqda: hamma bemorlari dardiga darmon topib berayotgan jonon nega uning holiga parvo qilmaydi? Uni kasal hisoblamaydimi? Axir, hijron tunida sham emas, uning joni yonmoqda, giryon ko’zlaridan yosh o’rniga qon oqmoqda.

819
Musalsal g'azal
Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy