Sahifa yuklanmoqda . . .

Mistik hikoyalar

Mistik hikoyalar - Dunyo - sir, hayot - sinoat. Ba'zan shunday hodisalar sodir bo'ladiki, ularni sharh etmoqqa inson aqli ojizdir. Uning siri qarshisida ne-ne oqillar ham lol qolishi begumon. To'plamdan o'rin olgan ushbu hikoyalar mistik xarakterda bo'lib, ular sizda katta qiziqish uyg'otishiga ishonamiz.

Inson o'zidagi nafsni yenggandagina oliy maqomga yuksala oladi, aks holda,uning boshqa jonzotlardan farqi yo'qdir. Ammo nafsni tiya bilmoq degan jumla faqat tildagina aytishga oson, amalda esa unga erishmoq mushkul. Bu jarayon tolibdan ko'plab mashaqqatlarga sabr qilmoqni talab etadi. Shu bois tom ma'noda sabr qilmoq va ana shu sabr ila nafsni yengmoq barchaning ham qo'lidan kelavermaydi. Ushbu hikoya ham g'oyat ibratomuz bo'lib, u kitobxonni nafsning zararlari haqida mushohada yuritishga undaydi.

151
Mistik hikoya
Akutagava Ryunoske

Siz g'ayrioddiy voqealarga ishonasizmi? Axir biz har kuni odatiy voqealarni boshdan kechirishga o'rganib qolganmiz. Ammo bu g'ayrioddiy hodisalarni inkor etishga asos bera olmaydi. Mazkur hikoya ham dunyoga dong'i ketgan adibning ana shunday g'ayrishuuriy mavzuda bitgan asaridir.

57
Mistik hikoya
Gi de Mopassan

Ushbu hikoya 1916-yilda yozilgan bo'lsa-da, birinchi bor 1921-yilda «Sharq chechagi» jurnalida bosilgan. Asar yozilganiga bir asr bo'lganiga qaramay, unda tasvirlangan voqealar o'zining originalligi, uslubiy ravonligi, tilining soddaligi va ifodaliligi bilan kitobxonlar e'tiborini tortib kelmoqda. Hikoya dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilingan bo'lib, jahon adabiyotining eng sara asarlari qatoridan joy olgan.

127
Mistik hikoya
Abdulla Qodiriy