Sahifa yuklanmoqda . . .

Tirgak - Asarlar

Tirgak - Asarlar - tirgak so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Topmoq - yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq – topmoq, Sen so‘lib, Men yashab,  To‘lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim – Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. Sog‘inch haqda she’rlar Yozdim o‘zimcha, Mendan peshonangda Dog‘lar tizimcha. O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, Attang, ming attang. Qiz tug‘sang netardi, Ko‘proq qiz tug‘sang!.. Tirgak bo‘lolmadim  Bitta qizingcha...

7187
She'r
Muhammad Yusuf