Sahifa yuklanmoqda . . .

Mijoz - Asarlar

Mijoz - Asarlar - mijoz so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur, Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur. Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba, Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur. Ne osig' nola-u faryod xobolud baxtimdin, Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur. Manga osondurur bo‘lsa, agar yuz ming tuman dushman, Vale bo‘lmoq jahonda, ey ko‘ngul, beyor mushkuldur. Visolinkim tilarsen nozini xush tortg'il, Bobur, Ki olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur.

2025
Yakpora g'azal
Zahiriddin Muhammad Bobur