Sahifa yuklanmoqda . . .


Dahr uyi bunyodkim...

I

Dahr uyi bunyodkim, su uzradir, mahkam emas,

Onda kirgan el xavotirdin amon bir dam emas.

 

Doimo vayronlig‘ osori oning arkonidin,

Borcha olam ahlig‘a ma’lum erur, mubham emas.

 

Kecha-yu kunduz yog‘ar idbor gardi saqfidin,

Yoqmoqi har dam fuzun oning zamoni kam emas.

 

 Bu sifatlig‘ uy aro har kimki maskan ayladi,

Xotiri oning xavotirdin dami beg‘am emas.

 

 Ushbu mehnatxonada gar shoh bo‘lsun, gar gado,

 Bir nafas aysh-u farog‘at jomidin xurram emas.

 

 Onda har kim boshig‘a yuz dardu g‘am aylab hujum,

 Bir kishi yo‘q ashki hasratdin ko‘zi purnam emas.

 

 Ko‘bdur onda ishrat ummidi bila tutg‘on makon,

Shohidi maqsudig‘a lekin biri hamdam emas.

 

Borcha zindoni baliyatg‘a bo‘lubdur mubtalo,

Umri ichra bir nafas osuda bir odam emas.

 

Dahr bir vayronayedurkim, xarob obod erur,

Chiqsa ondin har kishi — g‘am bandidin ozod erur.

 

II

Dahri dun ayyorasikim, yo‘q ango mehr-u vafo,

Peshasi kin-u nifoq-u odati — javr-u jafo.

 

 Yo‘qturur aslo hamul makkora qotil zotida,

Zarracha rahm-u muruvvat, qatracha sharm-u hayo.

 

 Hiyla domig‘a xaloyiqni giriftor etgusi,

Ko‘rguzub g‘anj-u dalol-u g‘amza-yu noz-u ado.

 

Ishvalar zohir qilur har lahza yuz nayrang ila,

Toki el jon-u dilig‘a solg‘ay oshub-u balo.

 

Qaddi shavqi ichradur tanlarga yuz zahmi sinon,

Kirpiki fikridadur jonlarg‘a ming nishi izo.

 

 Zulfining savdosi domida qilib zor-u asir,

Aylagay jumla xaloyiq ro‘zg‘orini qaro.

 

Hajr zahri birla aylab elni doim talxkom.

Vasl no‘shi birla bir dam aylamas komin ravo.

 

Qatl etar oxir tuman nokomlig‘ tig‘i bila,

Kimsaki, bo‘lmish oning qaydi g‘amig‘a mubtalo.

 

Dahr bir vayronayedurkim, xarob obod erur,

Chiqsa ondin har kishi — g‘am bandidin ozod erur.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

229 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dahr uy bunyod su el xavotir dam vayron olam ahli zamon sifat maskan xotir g'am mehnat gado nafas aysh farog'at dard hujum ashk hasrat ishrat makon shohid zindon umr odam xarob ayyor mehr vafo javr jafo sharm hayo noz ado g'amza rahm muruvvat
Muallif
Muhammad Rizo Ogahiy

Muhammad Rizo Ogahiy

(1809-1874) Alisher Navoiydan keyin o’zbek adabiyoti tarixida ijodining ko’lamdorligi jihatidan birorta adib Ogahiy bilan bellasholmaydi. U yigirma ming misradan ortiqroq she’rlar, olti tarixiy asar, o’n to’qqiz tarjima asari qoldirgan. Uning «Ta’viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori») devoni mashhurdir. Devonga o‘zbekcha she’rlar bilan birga fors-tojik tilida yaratilgan asarlari ham kiritilgan.

Batafsil


Yangi Tarje'bandlar Muhammad Rizo Ogahiy Tarje'bandlari Muhammad Rizo Ogahiy asarlari